KidoPath — bog'cha bolalari uchun interaktiv ta'limiy o'yinlar

KidoPath (kidopath.uz) — 3–7 yoshli bolalar uchun mantiq, matematika, nutq va ijodni rivojlantiruvchi o'yinlar sayti. O'yinlar «Ilk qadam» davlat dasturi mavzulari bo'yicha tuzilgan. Bog'chada tarbiyachi ularni elektron (interaktiv) doskada qo'yib beradi, uyda bola telefon, planshet yoki kompyuterda o'ynaydi. O'yinlar bepul.

O'yinlar

Mavzular — «Ilk qadam» dasturi bo'yicha

Har oyning mavzusi va har bir yosh guruhi (3–4, 4–5, 5–6, 6–7 yosh) uchun alohida o'yinlar: «O'zbekiston – mening Vatanim», «Kuz bo'yoqlari», «Transport va xavfsizlik» va boshqalar. Qozog'iston maktabgacha ta'lim dasturi bo'yicha mavzular ham bor.

Musobaqa va reyting

Ikki bola bitta doskada musobaqalashadi. Bolalar ball to'playdi — guruh, bog'cha va umumiy reyting.

Bog'cha va tarbiyachilar uchun

Tarbiyachi guruhini doskada ochadi, bolalarga topshiriq beradi, kim bajargani va kim nimada qiynalayotganini ko'radi. Bog'cha rahbari guruhlar natijasini kuzatadi.

Ota-onalar uchun

Farzandingiz natijalari, kuchli tomonlari va qiynalgan joylari, PDF hisobot.

KidoPath — интерактивные развивающие игры для детей 3–7 лет: логика, математика, речь и творчество. Для детского сада (интерактивная доска) и для дома.

KidoPath — interactive learning games for children aged 3–7: logic, maths, speech and creativity, for kindergarten whiteboards and for home.

KidoPath